Jamiyat
Navoiy viloyati Tomdi tumani hududida "Muruntov" koni tarkibida «Balpantog‘» va "Tomdibuloq' yangi konlari ochildi.
Loyiha doirasida konda 650 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, "Balpantog‘" va "Tomdibuloq" konlari bazasida qazib olish konchilik korxonasi barpo etilishi, bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi mahalliy aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda. Yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi. Konlar 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.
"Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoavg‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirildi", deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q