Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmasi, shahar hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan “Eng faol ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi” respublika tanlovining shahar bosqichi oʻtkazildi.
Unda hududdagi barcha maktablarning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari faol qatnashdi.
Tanlov yakunlariga koʻra belgilangan mezonlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 2- va 6-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Erkatosh Shukurova 1-oʻrinni, 2-oʻrinni 1- va 4-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Ruxsora Olloyorov hamda 3-oʻrinni 9-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Hamidullo Xushvaqtovlar egalladi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova targʻibotchilarning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Gʻoliblar shahar hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tanlov Nizomi asosida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan targʻibotchining maktabiga 3 million soʻmlik, 2-oʻringa 2 million soʻmlik hamda 3-oʻrin uchun 1 million soʻmlik kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q