Jamiyat
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev tomonidan viloyat hududida tashkil etilgan barcha savdo yarmarkalariga kuzatuv kameralar o‘rnatilib, ular internet tizimi orqali viloyat hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulandi.
Ma’lum qilinishicha, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda iste’mol bozorlaridagi narx barqarorligini kuzatish va xaridorlar orasida norozilik vujudga kelishining oldini olish maqsadida viloyat prokuraturasi va Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatning 22 ta shahar va tumanlaridagi mavjud 16 ta dehqon bozorlari, shuningdek, 374 ta oziq-ovqat savdo yarmarkalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu dehqon bozorlariga joriy yilning mart va aprel oylarida jami 2090 tonna kartoshka yetkazib berish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ishlar belgilangan grafik asosida olib borilmoqda.
Xabarda aytilishicha, «Angren Shakar» XKdan jami 1 ming 600 tonna shakar mahsuloti, «Nobel Trade» MCHJ korxonasi tomonidan o‘simlik hamda paxta yog‘lari xomashyo tovar savdo birjasiga chiqish narxida iste’molchilarga yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
"Shu bilan birga narxlarni kunlik monitoring qilish tizimi asosida narx oshishi ehtimoli yuqori bo‘lgan mahsulot turi hududlar kesimida oldindan prognoz qilinib, natijalariga ko‘ra, mahsulotlar arzon bo‘lgan hududdan narx oshgan hududlarga intervensiya qilish yo‘li bilan 716 tonna kartoshka, 180 tonna sabzi, 38 tonna tovuq go‘shti, 46 tonna mol go‘shti, 17 tonna qo‘y go‘shti, 568 ming dona tuxum va 659 tonna shakar ishlab chiqarish narxida aholiga yetkazib berilgan.
Savdo yarmarkalaridagi narx-navolar va asosiy turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bundan keyin ham doimiy nazoratga olinadi", deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmatining xabarida.
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q