Jamiyat
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Sergeli tumanidagi sayyor qabulga shaxmat maktabi ochish taklifi bilan kelgan fuqaroga Spark sovgʻa qildi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rasmiy kanalida xabar qilindi.
Sergeli tumanida 10-aprel kuni oʻtkazilgan sayyor qabulda gapirishda nuqsoni boʻlgan Sirojiddin ismli fuqaro shaxmat maktabi ochish niyatini hokimga aytgan. Suhbat davomida Jahongir Ortiqxoʻjayev Sergeli tumanidagi bogʻ hududida shaxmat maktabi ochib berilishini va uni oʻzi yuritishini aytgan.
Murojaatchidan “Mashina haydashni bilasizmi?”, deb soʻragan va tasdiq javobini olgach, hokim qoʻl ostidagilarga “Ertaga shu kishiga Prezident nomidan Spark sovgʻa qilinglar”, deya topshiriq bergan.
Aytilishicha, shaxmat boʻyicha murabbiyning 35 nafardan ortiq shogirdlari jahon va Osiyo musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ham uning ilk shogirdlaridan biri. Murabbiy 2008-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76041
Jamiyat
//
Izoh yo‘q