Madaniyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Bodorjoy» MFY hududida joylashgan «Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidi yuzasidan tanqidiy fikr bildirildi. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi ushbu holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Samarqand viloyatidagi «Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidi moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyekti hisoblanib, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari Milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 846-sonli qarori bilan Milliy roʻyxatga kiritilgan.
Bahodir Yalangtoʻshbiyning nomini abadiylashtirish maqsadida masjidga uning nomi berilgan.
«Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidi XX asrning 20 yillarigacha masjid sifatida faoliyat koʻrsatgan. Shu davrdan eʼtiboran sobiq mustabid tuzum tomonidan diniy qadriyatlar toptalib, masjid faoliyati toʻxtatilgan va omborxonaga aylantirilgan. Mahalliy nuroniy oqsoqollar tomonidan ogʻzaki maʼlumot berilishicha, qatagʻon yillari (1932–1938) oraligʻida masjid binosiga oʻt ketgan va obyekt oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Bugungi kunda obyektning saqlanishi avariya holatiga kelib qolgan.
Ayni vaqtda tarixiy binoni saqlab qolish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Xususan, “Samarqand viloyatini 2022–2026-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” tasdiqlangan boʻlib, dasturning 2023-yilga moʻljallangan qismida «Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidini restavratsiya qilish hamda Bahodir Yalangtoʻshbiy shaxsi haqida kino olish belgilangan.
Samarqand madaniy meros boshqarmasi tomonidan «Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidini restavratsiya qilish yuzasidan loyiha-taklifi ishlab chiqilib, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim etilgan.
Kelajakda «Bahodir Yalangtoʻshbiy» masjidi binosidan turizm obyekti sifatida foydalanish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q