Jamiyat
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining kafedra mudiri pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining talabasi U.X. fuqaro R.ni institut kafedra mudiri orqali magistratura bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 000 AQSH dollar soʻragani aniqlangan. Talaba summani olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, kafedra mudiri M.E. talaba U.X.dan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
.jpg)
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112040
Jamiyat
94728
Jamiyat
90739
Jamiyat
75549
Jamiyat
//
Izoh yo‘q