Iqtisod
“Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar joriy etiladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda toʻlovlarni 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha kamida 35 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur mulklarni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
2022-yil 1-maydan roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;
boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.
Bunda, mazkur koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda doimiy roʻyxatdan oʻtish va yashash guvohnomasini olish uchun asos boʻlmaydi.
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan koʻchmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 ming AQSH dollaridan 300 ming AQSH dollari ekvivalentigacha kamaytirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109779
Jamiyat
94153
Jamiyat
89959
Jamiyat
73152
Jamiyat
//
Izoh yo‘q