Samarqandning olis tumanida ilk bor toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

Saqlash
16:18 / 11.04.2022 834 0

Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishcha, bunday operatsiya viloyatda ilk bor tuman miqyosida bajarildi.

 

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali mutaxassislari boshchiligida bir hafta davomida Qoʻshrabotda tibbiy koʻriklar tashkil etilgan. Unda Quvkalla mahallasida yashovchi Munisa Ahmedovaning qiziga yurak nuqsoni tashxisi qoʻyildgan. Kasallik operatsiya orqali bartaraf etilishi maʼlum boʻlgach, bemor jarrohlik stoliga yotqizilgan.

 

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh shifokori Maqsud Saidovning maʼlum qilishicha, tibbiy koʻrikda yurak operatsiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafarga yaqin qoʻshrabotlik bemorning barchasi shu yerning oʻzida operatsiya qilinib, sogʻlomlashtiriladi.

 

Shuningdek, tuman shifokorlarining viloyat markazida malaka oshirishi yoʻlga qoʻyilib, kelgusida bunday murakkab amaliyotlar mahalliy kardiojarrohlar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//