Siyosat
Bugun Amir Temur tavalludining 686-yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Administratsiyasi, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar masʼullari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari, yozuvchi va shoirlar, olimlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan Amir Temur oʻz vaqtida Osiyo va Yevropada roʻy bergan tarixiy oʻzgarishlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk bunyodkor boʻlgani yodga olinib, mamlakat obodligi, ilm-fan ravnaqiga beqiyos hissa qoʻshgani taʼkidlandi.
Amir Temur va Temuriylar davrida Oʻrta Osiyo savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylandi. Toshkent, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlashdi.
Masjid, madrasa, maqbara, karvonsaroy va boshqa beqiyos inshootlar barpo etildi va ularning hozirgacha saqlanib qolganlari dunyo madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron qalamiga mansub “Temur tuzuklari” asari esa bebaho hikmatlari bilan bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.
Tadbir davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari boshchiligidagi jamoa Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarida ham davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q