Prezident qarori: «Tashabbusli byudjet»da 2 mingdan ortiq ovoz olgan barcha loyihaga mablagʻlar ajratiladi

Saqlash
19:23 / 08.04.2022 1161 0

“Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 85,4 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Qarorga koʻra, hokimlar har oyda OAV vakillari ishtirokida tashabbusli byudjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha gʻolib deb topilib, loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi eʼlon qilingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//