Siyosat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Unga koʻra quyidagilar taʼlim tashkilotlarida pedagog (professor-oʻqituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanishi belgilangan:
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlangani olib tashlanmagan shaxslar;
hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi, tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, shuningdek, oʻzgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
pedagoglik (professor-oʻqituvchilik) faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar.
Pedagoglik (professor-oʻqituvchilik) faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maʼlumot uchun, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun bilan taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi belgilangan. Unga koʻra, tegishli maʼlumoti, kasbiy tayyorgarligi boʻlgan va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q