Siyosat
2022-yil 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʻzaro tabrik almashdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, A.Kamilov maktubida Oʻzbekiston Shvetsiyani Yevropadagi ishonchli hamkor deb bilgan holda, ushbu mamlakat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalarda uzoq muddatli va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berishi taʼkidlangan.
A.K.Lindening maktubida esa davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik yuksak darajada ekanligi alohida qayd etilgan. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida qator samarali muloqotlar amalga oshirilgani qayd etilgan.
“Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari oʻzaro hurmat, teng huquqlilik va doʻstlik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Shvetsiya hamkorligi bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida rivojlanib borishiga ishonch bildirdi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q