Iqtisod
Prezident “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra 2022-yil 1-maydan boshlab:
AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi toʻlab beriladi. Bunda, AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yigʻinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablagʻlarini ularning xohishlariga koʻra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;
barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi oʻrinlarda – pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oʻtkazish asosida hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi;
2022-yil 1-sentyabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va ularning toʻlov hisob-kitoblari tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlashtirish orqali xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q