Ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʻlovlaridan ozod etiladi

Saqlash
23:07 / 07.04.2022 758 0

Prezident videoselektorda davlat xizmatlaridan foydalanishda 1-iyuldan boshlab oʻzgaradigan masalalarni sanab oʻtdi.

 

Xususan, aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1-iyuldan boshlab:

 

- 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish, bogʻchaga qabul qilish va hokazo);

 

- 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;

 

- aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati boʻyicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;

 

- aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;

 

- ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʻlovlaridan ozod etiladi (135 ming soʻm).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//