Bosh prokuraturaga yangi vazifa topshirildi

Saqlash
22:43 / 07.04.2022 904 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

Unda 2022-yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan Andijonda 270 kilometr, Fargʻonada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpogʻiston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni barpo etish vazifasi qoʻyildi.

 

Buning uchun 2022-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 3,5 million tonnaga koʻpayadi. Yaʼni, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar toʻliq qoplanishi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, Bosh prokuraturaga yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yoʻllar sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

 

Shu bilan birga, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari mavjud emasligi koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ushbu viloyatlarda yoʻl qurish uchun temir yoʻl orqali sement va shagʻal tashishga 50 foiz chegirma beriladi.

 

Yigʻilishda yoʻl klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 1-maydan boshlab yil yakuniga qadar import qilinayotgan sement-beton qoplamali yoʻl qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinishi belgilandi. Mazkur ishlarga qoʻshimcha 500 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi belgalangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//