Qishloq xoʻjaligi vazirligi mart oyidagi davomiy yogʻingarchilikning hosilga taʼsirini baholadi

Saqlash
22:25 / 07.04.2022 887 0

Qishloq xoʻjaligi vazirligi mutaxassislari mart oyidagi noqulay ob-havo sharoitining qishloq xoʻjaligiga taʼsiriga oid dastlabki oʻrganish natijalarini eʼlon qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

 

Taʼkidlanishicha, sovuq havo va yogʻingarchiliklar ayrim hududlarda mevali bogʻlarning kurtak novdalariga qisman salbiy taʼsir koʻrsatgan. Mamlakatdagi uzumzorlar, ertaki ekilgan kartoshka va sabzavot ekinlariga esa sovuq taʼsir etmaganligi aniqlangan.

 

Viloyatlar kesimida olingan maʼlumotlar tahlili quyidagicha:

 

Fargʻona vodiysida oʻrikning ertapishar navlari Andijon viloyatida 19 foiz, Namanganda 10 foiz va Fargʻonada 18 foiz, gilosning ertapishar navlari Namanganda 2,4 foiz, bodomning ertapishar navlari Andijonda 17 foiz, Namanganda 19 foiz va Fargʻonada 23 foiz;

 

 

 

Janubiy hududlarda, xususan Qashqadaryo viloyatida gilosning ertapishar navlari 9 foiz, shaftolining ertapishar navlari 9 foiz, olxoʻrining ertapishar navlari 15 foiz, bodomning ertapishar navlari 18 foiz;

 

Markaziy hududlarda oʻrikning ertapishar navlari Buxoro viloyatida 6,7 foiz, Jizzaxda 17 foiz, Navoiyda 19 foiz, Samarqandda 10 foiz, Sirdaryoda 17 foiz va Toshkentda 10 foiz, gilosning ertapishar navlari Navoiyda 6,5 foiz va Toshkentda 2,4 foiz, shaftolining ertapishar navlari Navoiyda 8 foiz va Samarqandda 5 foiz, olxoʻrining ertapishar navlari Sirdaryoda 3 foiz hosilli maydonga nisbatan zararlanganligi aniqlandi.

 

“Shimoliy hududlar Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Republikasida ushbu mevali daraxtlar zararlanmagan. Ilmiy manbalarga koʻra, daraxtlarning sovuqqa chidamlilik darajasi meva turi va navining biologik xususiyatiga bogʻliq. Shu sababli, mevali bogʻlarning turlari va navlariga qarab, aprel-may oyida daraxtlarning hosil tugish (gʻoʻralash) fazasida kutilayotgan yalpi hosildorlik boʻyicha aprobatsiya oʻtkaziladi va hosil yetishtirish hajmlari belgilab olinadi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//