Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki erkak voyaga yetmagan bola koʻz oʻngida eshaklarning boʻyniga tayoq bilan zarba bergan videosi tarqalgandi. Hayvonlarga ozor bergan ota-oʻgʻil javobgarlikka tortildi. Bu haqida “Daryo”ga viloyat sudi axborot xizmati rahbari Farhod Tilavov xabar bergan.
Maʼlum qilinishicha, voqea 2021-yil viloyatning Chiroqchi tumanidagi “Langar” MFY Toʻlaqoʻrgʻon qishlogʻida sodir boʻlgan boʻlib, voqea ishtirokchilari ota-oʻgʻillar boʻlgan.
“Sudya Oʻktam Rasulov raisligidagi koʻrib chiqilgan ishda hayvonlarga ozor bergan ota Alisher Ilyosov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxs hozirligida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish yoxud hayvonlarning mayib boʻlishiga olib kelish) bilan aybdor deb topilib, unga 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Voqeaning ikkinchi ishtirokchisi sudlanuvchining oʻgʻli B.S. voyaga yetmagani uchun uning xatti-harakati uchun ham otasi Alisher Ilyosov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortildi”, deydi Farhod Tilavov.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q