Oyoq kiyimlari eksporti 4,4 mln. AQSH dollariga kamaygan

Saqlash
15:27 / 09.09.2021 1075 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 17,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 mln. AQSH dollariga kam.  

2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston oyoq kiyimlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 9,5 mln.
Qozog‘iston – 4,2 mln.
Tojikiston – 2,5 mln.
Rossiya – 390,2 ming
Afg‘oniston – 359,5 mingAQSH dollari

2021-yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyimlari eksport qilgan hududlar:
Samarqand viloyati – 5,3 mln.
Andijon viloyati – 5,3 mln.
Farg‘ona viloyati – 3,9 mln.
Toshkent viloyati – 847,0 ming AQSH dollari

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//