Siyosat
Kamal Tarixov Qoraqalpogʻiston sudi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Joʻqorgʻi Kenges matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdagi yigʻilishida Qoraqalpogʻiston sudining raisini saylash masalasi koʻrib chiqilgan.
Sudyalar oliy kengashining Oʻzbekiston Prezidenti bilan kelishilgan xulosasi asosida Joʻqorgʻi Kenges raisining taklifiga binoan deputatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi lavozimiga Kamal Tarixov nomzodini maʼqullangan.
“Yakunda uni mazkur lavozimga tayinlash va amaldagi sud raisi Gulnara Bazarbayevani vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Kamal Tarixov bunga qadar Qoraqalpogʻiston sudi raisining fuqarolik ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q