“Andijon” bojxona posti boshligʻi hibsga olindi

Saqlash
17:52 / 07.04.2022 760 0

“Andijon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshligʻi hibsga olindi. Bu haqida “Oʻzbekiston 24” telekanalida maʼlum qilindi.

 

Taʼkidlanishicha, bojxona postida 5780 dollarlik tovarlar ortilgan yuk mashinasi kirib kelgan va u tegishli tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan. Tekshiruvda mashinada hujjatda koʻrsatilgan tovarlardan ortiqroq mahsulot borligi aniqlangan.

 

Yuk avtomobili “Andijon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga tekshirish uchun bojxona boshligʻini ogohlantirgan holda yuborilgan. Ammo, mashina tekshirilmasdan 30–40 daqiqa ichida punktni tark etgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan transport vositasi kuzatib borilib, shaharning Gulzor mahallasida toʻxtatilgan va omborga qaytarilgan. Tekshiruv davomida deklaratsiyadan oʻtkazilmagan 31 turdagi tovar, kiyim-kechak, poyabzal va kosmetika mahsulotlari aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, qayta tekshiruvdan keyin tovarlar 5 milliard 565 milliondan soʻmdan ortiqqa narxlangan. Ular qonuniy rasmiylashtirilganda, toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovi 1 milliard 944 million soʻmga yetadi. Mazkur holat boʻyicha bojxona posti rahbari va ikki nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hibsga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//