11-apreldan Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegara punktlari ochiladi

Saqlash
17:07 / 07.04.2022 783 0

11-apreldan Qozogʻiston Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiya bilan quruqlikdagi oʻtkazish punktlarida Qozogʻiston fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va xorijliklarning davlat chegarasini kesib oʻtishiga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashladi. Bu qaror 6-aprel kuni Qozogʻistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi munosabati bilan qabul qilindi, deya xabar berdi Qozogʻiston bosh vaziri sayti.

 

Shuningdek, Qozogʻiston davlat chegarasini havo orqali kesib oʻtish boʻyicha ham barcha cheklovlar olib tashlandi.

 

Bunda Qozogʻiston fuqarolari va mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan xorijliklar hamda oʻzaro emlash pasporti mavjud boʻlgan chet el fuqarolari uchun PZR usulidan foydalangan holda Covid-19 testining manfiy natijasi, sertifikat yoki emlashning toʻliq kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjatni (pasportni) majburiy taqdim etish, Covid-19 ga qarshi qayta emlash talabi saqlanib qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//