Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining poyezdi yarim soatdan beri toʻxtab qolgani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi holat boʻyicha izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 7-aprel kuni soat 09:30 lar atrofida “Paxtakor” metro bekatida 15-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan va xavfsizlik choralarini koʻrish maqsadida yoʻlovchilar vagondan tushirilgan.
Shuningdek, navbatdagi 18-sonli marshrut ham yoʻlovchilarni “Paxtakor” metro bekatida tushirib, 15-elektropoyezdni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun depoga tomon harakatlanishida koʻmaklashgan.
«Soat 09:37 dan boshlab poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q