Jamiyat
Samarqand viloyati Narpay tumanida hokimlik mansabdorlaridan tovlamachilik yoʻli bilan pul undirmoqchi boʻlgan soxta bloger ushlandi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Narpay tumanida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan N.X. tuman hokimligi mansabdorlaridan moddiy mablagʻ undirishni maqsad qilgan. Yigit ularning faoliyati xususidagi asossiz va noxolis materiallarni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish yoʻli bilan taxdid qilib, ushbu materiallarni tarqatmaslik uchun 15 million soʻm pulni tovlamachilik yoʻli bilan talab qilgan.
Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan 6-aprel kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda N.X. mansabdor shaxsdan tovlamachilik yoʻli bilan 15 million soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112040
Jamiyat
94728
Jamiyat
90739
Jamiyat
75549
Jamiyat
//
Izoh yo‘q