Siyosat
Prezidentning “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab- quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2023-yil 1-aprelga qadar mahalliy korxonalarga yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 70 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Buning uchun tovarlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga sotilishi kerak.
Shuningdek, qoʻshni davlatlarga eksport qilingan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni sotishda tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilinadi.
Shu bilan birga, “Bojxona ombori” rejimida olti oydan koʻp boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashni taqiqlovchi tartib bekor qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q