Jamiyat
Moskvada oʻzbekistonlik va tojikistonlik migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani toʻgʻrisida xabarlar tarqagan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasi elchixona bilan birgalikda oʻrganish ishlarini boshlagan.
Dastlabki oʻrganishlar natijasida maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 1-aprel kuni korxonada ishlovchi ikki xodim oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida mushtlashuv yuz bergan va keyinchalik mushtlashuvga ikki tomondan ham ishchilar aralashib ketgan.
Ish beruvchi vakillar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda 41 nafar tojikistonlik va 85 nafar oʻzbekistonlik mehnat migrantlari hibsga olingan. Ularning 20 nafariga nisbatan deportatsiya qilish chorasi qoʻllanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi elchixona bilan birgalikda vakolatli tashkilotlar orqali mazkur masalani ijobiy hal etish choralarini koʻrmoqda.
“Shu oʻrinda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu davlat qonunlariga rioya qilishni, nizoli vaziyatlarga aralashmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni soʻraydi”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q