Sport
Zuhriddin Qodirov BAAda oʻtayotgan musobaqada gʻolib boʻlib, Oʻzbekiston tarixida jahon chempioni boʻlgan ilk qilichbozga aylangan edi. Oʻzbekiston Milliy Olimpia qoʻmitasi axborot xizmatiga koʻra, unga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti topshirilgan.
Maʼlum qilinishcha, terma jamoa 5-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov tomonidan tantanali kutib olingan. Shundan soʻng tadbirning ikkinchi qismi MOQda oʻtkazilgan.
Unda Zuhriddin Qodirovni “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, mukofot tantanali ravishda topshirilgan.
Shuningdek, Z.Qodirov 5 000 va musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan Zaynab Dayibekova 3 000 dollar bilan mukofotlanishgan.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112457
Jamiyat
95124
Jamiyat
91366
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q