Zangiota tumani hokimi yordamchisi pora bilan qoʻlga olindi

Saqlash
19:58 / 06.04.2022 918 0

Zangiota tumani hokimi yordamchisi va uning sherigi pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi A.Yu. va tuman kadastr boʻlimi sobiq xodimi U.A. qoʻlga olingan.

 

Ular xususiy tadbirkor R.ga “Mevazor” MFYda joylashgan 8 sotix yer maydonida turar-joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berish hamda kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 15 500 AQSH dollarni qoʻlga kiritib, yana 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//