Jamiyat
Germaniya oʻzbekistonlik tajribali tibbiyot hamshiralariga oylik haqqi 2 300 yevrogacha boʻlgan ish taklif etmoqda. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti oʻrtasida tajribali oʻrta boʻgʻin tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish borasida hamkorlik dasturi ishlab chiqilgan.
Unga koʻra, nomzodlarga quyidagicha talablar qoʻyilgan:
39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega boʻlgan hamshiralar (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi).
psixiatriya boʻlimida ishlash uchun - kasalxona yoki klinikaning istalgan boʻlimida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya boʻyicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar.
tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan boʻlishi;
bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi kerak.
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
Toshkent shahrida bepul turar joy;
oʻquv xonasi;
oylik stipendiya.
Shuningdek, “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer.
Qayd etilishicha, mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) toʻlanadi. Qoʻshimcha savollar uchun 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami bilan bogʻlanish yoki roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
4 Izohlar
Jongil
20:02 / 20.02.2024
Ishlab oylik olganlar, farzandlarini olib ketganlar bormi
Marjona Tuychiyeva
12:01 / 01.01.1970
Germaniyada ishlashni xoxleyman buning uchun nima qilishim kerak konsultatsiya berolasizmi
Tuychiyeva Marjona
12:01 / 01.01.1970
Shu yili texnikumi tamomlab diplom olaman germaniyada ishlashni xoxleyman buni iloji bormi
Jarkinay
12:01 / 01.01.1970
germaniyada hamshiralik ishi boyicha ishlashni hohlayman. Stajim bor 3 yillik med kolledjini bitirganman