Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani 38-umumtaʼlim maktabda oʻqituvchi oʻquvchi qizni kaltaklagani, qiz esa oʻzini himoyalash uchun oʻqituvchiga qarshilik koʻrsatgani tasvirlangan videoxabar tarqalgan. Videoda oʻqituvchi bir necha oʻquvchi bilan muloqot qilgani, soʻng bir qizga tarsaki tushirganini koʻrish mumkin. Oʻquvchi esa uni urishga oʻqituvchining haqqi yoʻqligini aytgan. Holat yuzasidan Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, tuman hokimligi va tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilgan. Natijada videotasvirlardagi holat 2-aprel kuni dars tugashi paytida 10-A sinfida sodir boʻlgani aniqlangan. Bunga oʻquvchilarning hech qanday sabablarsiz ketma-ket ikki kun darsdan qochib ketishi va dars jarayonlariga qatnashmayotgani sabab boʻlgan.
Ushbu holatdan soʻng oʻrganish davomida tuman hokimligi hamda xalq taʼlimi boʻlimi ishchi guruhi va maktab maʼmuriyati bilan birgalikda holatga oydinlik kiritilib, oʻqituvchi R.D va oʻquvchilar I.S, M.M, Sh.Z, va B.Oʻ lar murosaga keltirilgan. Ayni paytda ular oʻrtasida hech qanday adovat mavjud emas. Oʻqituvchi ishchi guruh tomonidan ham odob-axloq normalariga qatʼiy rioya qilishi toʻgʻrisida jiddiy ogohlantirilgan.
Shuningdek, “oʻquvchilarning ota-onalari bilan ham suhbat olib borilib, farzandlarini doimiy dars jarayonlariga qatnashishini nazorat qilishlari toʻgʻrisidan tushunchalar berildi”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q