Madaniyat
Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida – Temuriylar Renessansi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat agrar universitetining o‘qituvchi va talabalari, Toshkent viloyatining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ma’sul xodimlari ishtirok etdi.
.jpg)
Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlar nomzodi, professor Feruza Muhitdinova, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’sul xodimi Hakim Sattoriy, mehnat faxriysi, Temurshunos olim Fahriddin Ashrafxo‘jayev, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Gulnora Ahmedova Sohibqiron Amir Temur bobomizning jahon tarixida tutgan o‘rni hamda markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat barpo etishdagi buyuk xizmatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
.jpg)
Talabalar tomonidan Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni aks etgan sahna ko‘rinishlarining namoyish etilishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111064
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q