Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish davom etmoqda.
Yigʻilishda oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashini ragʻbatlantirish orqali taʼlim sifatini keskin oshirish mumkinligi alohida qayd etildi.
Misol uchun, oʻtgan yili xalqaro sertifikatni olgan chet tili oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish tizimi joriy qilingani natijasida Navoiy, Namangan va Surxondaryoda malakali oʻqituvchilar sezilarli darajada oshgan.
Mutasaddilarga bu tajribani yangi oʻquv yilidan boshlab matematika, kimyo, fizika, biologiya va axborot texnologiyalari fanlariga ham joriy etish topshirildi.
“Maktablarda davlatdan maosh oladigan 15 mingga yaqin maʼnaviyatchilar bor.
Lekin, oʻquvchilarning tarbiyasi, Vatanga muhabbat yoki ota-onaga hurmat ruhini shakllantirishda, aytingchi, qaysi tuman maktabi namuna boʻldi? Hali bunday maktablar yoʻq. Qani maktab siyosati?”, deya savol qoʻydi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan bir oy muddatda “qizil” toifaga kirgan 1 ming 526 ta maktabni joyida oʻrganib, har biri boʻyicha alohida yoʻl xaritalarini tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.
Maktablarda maʼnaviy muhitni tubdan yaxshilash boʻyicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqiladi. Unda:
- eng avvalo, oʻquvchilarda yoshligidan oʻzining mahallasi va qishlogʻi hayotiga befarq boʻlmaslik hamda Vatanga muhabbat;
- oila, ota-ona va ustozlarga hurmat;
- ilm va bilim, harakat va intilish orqali katta marralarni egallash mumkinligini tushuntirish hamda zamonamiz qahramonlarining bosib oʻtgan yoʻllarini keng targʻib qilish nazarda tutilishi kerak.
Maktablardagi maʼnaviyatchilarga talablarni qayta koʻrib chiqib, bu lavozimga mahalla va jamoada obroʻsi bor kadrlar bilan toʻldirish kerakligi, maktablarda ilm va sanʼat vakillari, ziyoli va nuroniylar, ilgʻor tadbirkorlar, klaster va sanoat korxonalari rahbarlari bilan doimiy uchrashuvlarni tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi.
Bunga ijtimoiy tarmoqlardagi maktab oʻquvchilari orasida obunachisi eng koʻp boʻlgan mashhur sanʼatkor, sportchi, aktyor, blogerlarni ham faol jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q