Siyosat
Bugun, 5-aprel soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO prosessingiga ulashda qisqa muddatli qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu haqida “Milliy banklararo protsessing markazi” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operatsiyalar qayta tiklandi.
Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablagʻlarning ikki marotaba yechib olish va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar natijasida ham ikki marotaba yechib olishlar kuzatildi.
Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari toʻliq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar HUMO oʻz terminallari va toʻlov ilovalarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
MBPM yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
“Hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMOning boshqa barcha xizmatlari toʻliq hajmda ishlay boshlaydi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q