Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi sohasiga oid qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganda 70 ta hujjatning 13 tasida 41 ta korrupsiyaviy omil mavjudligi aniqlangan. Bu haqida Senat raisi Tanzila Norboyeva Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida aytib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Daryo”.
Maʼlum qilinishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligining komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan 395 ta davolash-profilaktika muassasalarida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 59 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan. Shuningdek, davlat byudjetiga yetkazilgan 9 mlrd soʻmlik zarar undirilgan.
Bundan tashqari, 2021-yilda “dxarid.uz” portali orqali vazirlik tomonidan qiymati 23,1 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida 11,1 mlrd soʻm miqdoridagi 33 ta tanlovda qonun talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
Mahalliy hokimliklar tomonidan vazirlik tizimidagi bino va yerlarning noqonuniy ravishda berib yuborilishiga oid 40 dan ortiq holatlar kuzatilgan.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida soʻnggi ikki yilda 732 nafar shaxs korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Xususan, agar 2020-yilda 302 nafar shaxs korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan boʻlsa, 2021-yilda ularning soni 430 nafarga yetgan. Tizimdagi kamchiliklarni aholi fikrini oʻrganish natijalaridan ham koʻrish mumkin”, — deydi Senat raisi.
Tanzila Norboyevaning aytishicha, sohaga oid qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganda 70 ta hujjatning 13 tasida 41 ta korrupsiyaviy omil mavjudligi aniqlangan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q