Siyosat
5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Imron Xon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rahbarlar muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarning doʻst xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tilagan.
Shuningdek, joriy yil 3-4-mart kunlari Pokistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi yakunida qabul qilingan qoʻshma “yoʻl xaritasi” ijrosining borishi koʻrib chiqilgan.
“Eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, turizm, madaniyat va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi koʻp qirrali hamkorlik loyiha va dasturlarini oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston yetakchisi Pokiston Hukumati rahbari va xalqiga ushbu mamlakatda boʻlajak muhim siyosiy tadbir – parlament saylovi muvaffaqiyatli oʻtishini tilagan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q