Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
19:51 / 05.04.2022 779 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Muloqotda oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Oʻzbekistonda SHHT sammitini oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.

 

Prezidentlarning muloqoti har doimgidek ishchan va doʻstona ruhda oʻtdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//