Ertaga Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
17:46 / 05.04.2022 748 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 6-aprel, chorshanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//