Endilikda koʻchmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qoʻyiladi

Saqlash
14:52 / 05.04.2022 920 0

Hukumat qarori bilan Koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga koʻra, ijaraga beruvchi koʻchmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qoʻyishi shart.

 

Shartnomani hisobga qoʻyganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

 

Koʻchmas mulk birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qoʻyilishi kerak.

 

Shartnomani hisobga qoʻyish Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.

 

Shartnoma hisobga qoʻyilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.

 

Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//