Iqtisod
Mijozlar tomonidan banklarga taqdim etiladigan toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandi. “Ushbu oʻzgartirishlar joriy yilning 9-apreliga qadar bosqichma-bosqich, undan soʻng toʻliq tatbiq etilishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Markaziy bank axborot xizmati.
Taʼkidlanishicha, mazkur oʻzgartirishlar amaliyotga joriy qilingandan keyin barcha toʻlov hujjatlarida toʻlovchi – jismoniy shaxslarning STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami) oʻrniga, toʻlov hujjatining “toʻlovchining identifikatsiya raqami” deb nomlangan rekvizitida ularning JSHSHIRi (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) koʻrsatilishi majburiy hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar) toʻlovni amalga oshirish maqsadida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda oʻzlarining JSHSHIRlari toʻgʻri va toʻliq kiritishlari zarur.
Shuningdek, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar ham toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda kontragentlar – jismoniy shaxslarning JSHSHIRlari toʻgʻri kiritilayotganiga eʼtiborli boʻlishlari soʻraladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q