Jamiyat
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida senator Abdugʻani Sanginov tashabbusi bilan umumiy 3 gektar maydonda “Yangi Oʻzbekiston” zamonaviy yoshlar bogʻi barpo etildi.
Yoshlar bogʻi tarkibida bolalar oʻyingohi, 50 oʻrinli kinoteatr, zamonaviy musiqali favvora, axborot kutubxona markazi, sunʼiy koʻl, 2 ta kafe (ovqatlanish majmualari), avtoturargoh oʻrin olgan.
Yoshlar bogʻining 18 000 kv metr yer maydonida Turkiya davlatidan keltirilgan 800 dan ortiq manzarali daraxtlar va 20 000 mingdan ortiq anvoyi gullar koʻchatlari ekilib moʻjaz yashil hudud tashkil etildi.
Yoshlar bogʻi markazida joylashgan kutubxonada 38 mingdan ziyod kitoblar, 52 mingdan ortiq elektron kitoblar mavjud boʻlib, maʼrifat maskani zamonaviy oʻquv zali, katta hajmdagi monitor va bepul Internet bilan taʼminlangan. Zamonaviy kutubxona bir vaqtning oʻzida 120 nafardan ortiq kitobxonga toʻlaqonli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.
Loyiha doirasida 20 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q