Jamiyat
Toshkent shahrida ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4000 ming dollar pora talab qilgan hakamlik sudi sudyasi ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda Toshkent shahar Hakamlik sudi sudyasi M.K. daʼvogar F.T. va javobgar M.X.ning ishini javobgarning foydasiga hal qilib berishini aytgani aniqlangan.
Shuningdek, sudya ushbu qarorning kelgusida bekor boʻlmasligi evaziga M.X.dan firibgarlik yoʻli bilan 4000 dollar talab qilib, shundan 2500 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112040
Jamiyat
94728
Jamiyat
90739
Jamiyat
75549
Jamiyat
//
Izoh yo‘q