Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqarolar va ichki ishlar xodimlari oʻrtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 31-mart kuni soat 09:00da Oqoltin mahallasida joylashgan “Shomurod ota” fermer xoʻjaligi rahbari A.D. oʻziga tegishli boʻlgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi boʻlganida, unga bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik koʻrsatilgan.
Oqibatda fermer ichki ishlar organlariga holat boʻyicha xabar bergan. Ichki ishlar organi xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, koʻngilsiz holatlarning oldini olgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan qarshilik koʻrsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun Chiroqchi tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati toʻgʻrisida asoslanmagan, notoʻgʻri yoki yolgʻon xabarlarni tarqatmasliklarini, bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q