Jamiyat
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning Yunusobod tumanida oʻtkazgan sayyor qabulida 3 nafar imkoniyati cheklangan bolalarni asrab olib, ularni sport musobaqalarida chempion boʻlishiga sabab boʻlgan ayolga uy vaʼda qilgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda ayolning shahar hokimiga kommunal toʻlovlarga qiynalayotgani haqida aytganini koʻrish mumkin. Ayolning imkoniyati cheklangan bolalarni asrab olgani va ularning chempion ekanini eshitgan hokim minnatdorchilik bildirgan va bir hafta ichida 3 xonali uy berilishini vaʼda qilgan.
Shuningdek, hokim oʻzidan oldingi hokimlar va oʻzi nomidan ayoldan uzr soʻragan.
«3 ta farzand asrab olgan bolani kommunalniy qarzi boʻlsa. Man butun shahar, mandan oldingi hokimlari, mani nomimdan uzr soʻrayman. Man har kimgayam uy bermayman. Bunaqa mardlik uncha-muncha odamda yoʻq», degan hokim.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
109764
Jamiyat
94138
Jamiyat
89936
Jamiyat
73135
Jamiyat
//
Izoh yo‘q