“Boysun bahori” festivali oʻtkaziladi

Saqlash
15:17 / 04.04.2022 1010 0
Foto: Газета

Joriy yilning 7-8-may kunlari togʻli Boysun tumanidagi soʻlim Padang qishlogʻida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqida Madaniyat vazirligi maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga puxta hozirlik koʻrilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi qaroriga muvofiq anʼanaviy festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalarining 200 dan ortiq vakili oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy-qoʻshiqlar bilan faol ishtirok etadi.

 

Milliy qadriyat va anʼanalarimiz sharaflanadigan shodiyona doirasida milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarofon, uloq-koʻpkari, varrak uchirish, arqon tortish, chillak va boshqa xalq oʻyinlariga ham keng oʻrin ajratilgan.

 

Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi oʻtov-uy oʻrnatgan jamoalar, sport va xalq oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//