Jamiyat
Kuni kecha Ichki ishlar vazirligida “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining yutuqlari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A. Ikramov ochib berdi hamda mazkur yo‘nalish doirasida bir yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov o‘tgan qisqa vaqt davomida Ichki ishlar vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, xalqqa sadoqat bilan xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash lozimligini ta’kidladi.
Tadbirda joriy yilning 2-aprelidan 2-mayiga qadar barcha Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida ma’naviyat oyligi o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q