O‘zbekistonda Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lishi kutilmoqda

Saqlash
11:09 / 08.09.2021 861 0

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 6 sentyabr kuni Venada Avstriya Respublikasi parlamenti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari sammitida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Tadbirda parlamentlar ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitini 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Dunyo mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlari ishtirokida bunday yuqori darajadagi sammit mamlakatimiz va umuman mintaqada ilk bor tashkil etiladi.

Uchrashuvda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatlarni pandemiyadan so‘ng tiklashda ayollarning ishtiroki masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//