Sport
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Unda shu yoʻnalishdagi rejalar taqdimot qilindi. Xususan, sportni rivojlantirish vazirligiga mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birga yil davomida 6 million nafar oʻgʻil-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish vazifasi qoʻyildi.
Buning uchun 10-apreldan boshlab, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlari oʻtkaziladi. Ularni tashkil etish uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan har bir viloyatga 100 million soʻmgacha, gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi. Eng yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar tuman va shahar, viloyat hamda milliy terma jamoalar tarkibiga saralab olinadi.
Shuningdek, ommaviy sport tadbirlarida yoshlarning ishtiroki boʻyicha mahallalar reytingini ishlab chiqish, “qoniqarsiz” deb topilgan joylarga taniqli murabbiy va sportchilarni biriktirib, sportni rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.
Ommaviy sportni yanada rivojlantirish, joriy yil Xanchjouda oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish, sport murabbiylari tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qarorlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q