Oʻzbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
21:06 / 01.04.2022 746 0

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deya xabar berdi Oʻzgidromet.

 

Mart oyining oxirgi kunlari Oʻzbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.

 

Bugun kunduz kuni va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 20-24 darajagacha, baʼzi joylarda 25-28 darajagacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi koʻp yillik qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

 

Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

 

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 2-aprel shanba kuni havo bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//