2022-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Saqlash
19:40 / 01.04.2022 1267 0
Foto: Газета

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini eʼlon qildi.

 

«Zakotning tillodan nisobi 85 gramm boʻlib, bugungi kunda 1 gramm tilloning oʻrtacha narxi 400 000 (toʻrt yuz ming) soʻm ekani eʼtiboridan, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (oʻttiz toʻrt million) soʻm deb belgilandi», deyiladi Musulmonlar idorasi raisi tomonidan imzolangan qarorda.

 

 

Shunga koʻra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 34 million soʻm va undan ortiq mablagʻga yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega boʻlgan musulmon kishi jami mablagʻining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi.

 

Shuningdek, Fitr sadaqasi miqdori:

 

bugʻdoydan 2 kg — 10 000 (oʻn ming) soʻm;

 

arpadan 4 kg — 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;

 

mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) soʻm;

 

xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) soʻm deb belgilandi.

 

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

 

Fidya miqdori esa “Bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib”, oʻrtacha kunlik qiymati 25 ming soʻm, bir oylik miqdori esa 750 ming soʻm etib belgilandi.

 

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasining maʼlum qilishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//