Iqtisod
Hukumat qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar:
oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.
Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
109765
Jamiyat
94139
Jamiyat
89937
Jamiyat
73136
Jamiyat
//
Izoh yo‘q