2022-yilda Turk Dunyosining madaniy poytaxti boʻladigan shahar nomi maʼlum qilindi

Saqlash
16:40 / 01.04.2022 1001 0

Turkiyaning Bursa shahrida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti – TÜRKSOY Doimiy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Ozarboyjonning Shusha shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb eʼlon qilindi.

 

Doimiy kengash 1993-yildan beri 9 ta davlat va 19 ta shaharda yigʻilish oʻtkazdi. Xususan, yigʻilishlar oxirgi yillarda Boshqirdistonning Ufa, Turkiyaning Anqara va Kastamonu, Tataristonning Qozon, Turkmanistonning Marv, Ozarboyjonning Sheki, Qozogʻistonning Turkiston, Qirgʻizistonning O‘sh va Oʻzbekistonning Xiva shaharlarida boʻlib oʻtgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2020-yili Turk dunyosining madaniy poytaxti etib Xiva shahri tanlangan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//